29 jan 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji Pore bilan revansh o'tkazishni xohlamoqda
UFCning sobiq vaqtinchalik chempioni Jastin Getji keyingi jangini boshqa bir sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Porega qarshi o'tkazish niyatida ekanligini aytdi.
"Dam olish kunida o'tkazilgan janglar juda ajoyib kechdi. Pore - Makgregor jangi engil vazndagi intrigani yangi bosqichga olib chiqdi. UFC endi uzoq muddatli rejalar tuzishi kerak. Variantlar juda ko'p. Ammo, eng haqiqatga yaqini bu men va Pore o'rtasidagi revansh jangi. Dastin hozir reytingda birinchi o'rinda, men esa ikkinchi pog'onadaman. SHunga qaramasdan, men Poredan qasos olishim kerak", - dedi Getji.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar