20 sen 15:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Jasur Alijonov Amirxon Alixo'jaevning holati bo'yicha malumot berdi
Murabbiy Jasur Alijonov shogirdi Amirxon Alixo'jaev haqida gapirdi.
"Tayyorgarlik zo'r bo'ldi. Birinchi bosqich Tailandda o'tdi, keyingisi esa O'zbekistonning tog'li hududlarida. Hozir oxirgi bosqich, yani vazn tashlash jarayonidamiz. Hozircha hammasi zo'r. Amirxon Alixo'jaevning kayfiyati yaxshi. Hech qanday shikoyatimiz yo'q. Vaznlar ham yaxshi ketyapti. Xudo xohlasa endi 21 sentyabr kuni ko'ramiz", deydi Alijonov Olamsport.com muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda.
Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev ertaga Toshkentda Octagon 79 turnirining markaziy jangi doirasida engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun qozog'istonlik Sayat Abduali bilan bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar