17 fev 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Jasur Alijonov Octagon ligasiga apellyaciya berdi
O'zbekistonlik MMA jangchisi Jahongir Najmiddinovning murabbiyi Jasur Alijonov Octagon ligasiga apellyaciya yozdi.
Najmiddinov kecha o'tkazilgan Octagon 55 turnirida ozarbayjonlik Anar Azizli bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchragan edi.
"Jahongirga o'zi besh raundlik jang olishimiz kerak, chunki u 3-raundda uyg'onadi. Apellyaciya yozdik, menimcha, jang durang bo'lgandi. Birinchi raundda Jahongir yutqazdi, ikkinchi raund durang bo'ldi, uchinchi raundda esa yaqqol yutdik. UFC'da ham raundlar bo'yicha umumiy hisob beriladi. Bu erda men Jahongir yutdi yoki durang bo'ldi, deb o'ylagan edim", dedi Alijonov.
Havola :
Fikrlar