25 iyu 11:34
Yangiliklar
Taekvondo
Jasur Jaysunov – Osiyo chempioni!
Taekvondo bo'yicha o'tkazilayotgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz ikkinchi oltin medalini qo'lga kiritdi.
Bu gal -74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasur Jaysunov qita chempionligiga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimiz finalda jahon chempionatining kumush medal sohibi, 2018 yil Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlari g'olibi eronlik Mirhoshim Hossayniga qarshi bahs olib bordi. SHiddatli zarbalar va keskin raqobat ostida kechgan bahsda Jaysunov tajribali raqibini mag'lub etdi.
SHu tariqa, terma jamoamizning musobaqada qo'lga kiritgan medallari 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzani tashkil etmoqda. Ertaga bahs olib boradigan yurtdoshlarimizga ham bugungidek muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar