So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

17 jan 21:59
Yangiliklar

Sport kurashlari

Jasurbek Ortiqboev Gran Prix Zagreb Open chempioni, Feruzda kumush, Ilhomda bronza, navbat Islomga!

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha mavsumning ilk rasmiy musobaqasi - Gran Prix Zagreb Open 2021 turniri bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning o'ttizga yaqin davlatidan yunon-rum kurashi ustalari ishtirok etayotgan musobaqada yurtimiz sport sharafini Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi polvonlarimiz himoya qilishyapti. Hozirgacha bir nechta vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'lib ulgurdi.

Quvonarlisi, -55 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jasurbek Ortiqboev barcha raqiblarini engib, Zagreb Gran-Pri turniri chempioniga aylandi. U oltin medal uchun kechgan bellashuvda germaniyalik Fabian SHmittdan 9-0 hisobida ustun keldi. SHu vazndagi yana bir kurashchimiz Ilhom Bahromov esa italiyalik Jiovanni Frenini engib, kumush medalga ega chiqdi. Gap shundaki, bu vaznda ishtirokchilar soni kam bo'lgani bois, bellashuvlar aylana tizimda o'tkazildi.

-60 kg vazndagi Feruz To'xtaev bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik Micha Trashni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Taxminan bir yarim soatlardan so'ng  Islomjon Bahromov ushbu vazn chempionligi uchun turkiyalik Axmet Uyarga qarshi gilamga chiqadi. 

O'tish bellashuvida italiyalik Franchesko Bellinodan 8-0 hisobida ustun kelgan Mirzobek Rahmatov (-67 kg) bronza medali uchun kechgan uchrashuvda afsuski, moldovalik Doniyor Islamovga yutqazib qo'ydi. Aram Vardanyan (-72 kg) esa bronza medali uchun bo'lib o'tgan bahsda bir ochko (8-9) farqi bilan finlyandiyalik Mikko Peltokangasdan engildi. 

Demak, hozircha O'zbekiston terma jamoasi hisobida 1 tadan oltin, kumush va bronza medallari bor. Birozdan so'ng finalda gilamga chiqadigan Osiyo chempioni Islomjon Bahromovga omad va g'alaba yor bo'lishini tilaymiz.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing