08 dek 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Jasurbek Yo'ldoshev tojikistonlik raqibini ishonchli tarzda mag'lub etdi va finalga yo'l oldi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida yarim final bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Yo'ldoshev yarim finalda tojikistonlik Ahmadjon Saidovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jasurbek jang davomida raqibin nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Endi Jasurbek finalda Qozog'iston yoki Ukraina vakiliga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar