20 avg 11:29
Yangiliklar
Javohir Sindarov to'rtta bosqichdi Grand Chess Tour turniridagi ishtirokidan qancha mukofot puli ishlab oldi?
Sindarov dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari qatnashgan turnirdagi o'n kunlik ishtirokidan 42 500 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Javohir bilan Top-3`dan joy olgan germaniyalk Vinsent Keymer ham 42 500 dollarga ega bo'ldi. Ikkinchi o'rin sohibi hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 77 500, chempion Uesli So 87 500 dollarga boyib oldi. Eng so'nggi o'rinni egallagan niderlandiyalik Yorden van Forest o'z hisob raqamiga 10 000 AQSH dollarini qo'shib qo'ydi.

Hamyurtimiz Grand Chess Tour turnirining umumiy to'rtta bosqichidan 170 458 dollar mukofot puli ishlab oldi. Bu borada u to'rtinchi bo'ldi. Bu borada eng katta mukofot puli Vinsent Keymerga tegishli - 220 187 dollar! Uesli So 205 626, Rameshbabu 204 354 AQSH dollariga ega chiqdi.
Afsuski, Javohir Sindarov yarim ball etmay qolgani ortidan Grand Chess Tour turnirining hal qiluvchi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. So'nggi yo'llanma Vinsent Keymerga nasib etdi.

Fikrlar