01 apr 04:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Javohir Ummataliev ham Jahon kubogidagi ilk jangida ortiqcha qiyinchiliksiz g'olib bo'ldi
Braziliyada boshlangan boks bo'yicha World Boxing Jahon kubogi bosqichining ilk kungi bellashuvlari O'zbekiston terma jamoasi uchun nihoyasiga etdi.
Kun tartibidan o'rin olgan navbatdagi bellashuvda -80 kg vazn toifasidagi charm-qo'lqop ustamiz Javohir Ummataliev ringga ko'tarildi.
Unga Italiya terma jamoasi azosi Alfred Kommi raqib bo'ldi. Bu bahs ham to'liq 3 raund davom etib, yakunda hakamlar qarori bilan 4:1 hisobida Javohir g'olib deb topildi.
Endi Ummataliev chorak final bosqichi doirasida AQSH vakili Robbi Gonsalesga qarshi jang qiladi.
SHunday qilib, bugun ringga chiqqan uch bokschimizning barchasi keyingi bosqich masalasini hal qildi. Avvalroq, Mirazizbek Mirzahalilov (-55 kg) va Iqboljon Xoldarov (-70 kg) o'z janglarida zafar quchishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar