14 dek 19:45
Yangiliklar
Javohir Ummataliev: "JCHdagi ikkinchi o'rin ham yomon emas, lekin..."
"Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat. Markaziy Osiyo vakillari ham jang davomida qo'llab-quvvatlab turishdi - Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston! Barchaga katta rahmat aytaman.
Jangni hamma ko'rdi. Bundan keyin ham to'xtab qolmaymiz. Keyingi yili Osiyo o'yinlari, Osiyo chempionati bor. Endigina 20 yoshdaman. Hali hammasi oldinda.
Sport yulduzlari kelib bizning jangimizni kuzatishdi. Yarim finalda Arlen Lopesga qarshi jang qilib, g'alabaga erishdim. Bundan judayam xursandman.
Ikkinchi o'rin ham yomon natija emas. Lekin O'zbekiston boks muxlislari faqat oltin medalga o'rganib qolishgan. Hali barchasi oldinda. Nasib qilsa, o'zimizni ko'rsatamiz. Meni qo'llab-quvvatlaganlarning ishonchini albatta oqlayman. Xudo xohlasa Olimpiadada oltin medal olib kelishga vada beraman", - dedi Javohir Ummataliev.
Fikrlar