08 dek 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummataliev JCHdagi uchinchi jangida ham g'alabaga erishdi
Birlashgan Arab Amirliklarida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev chempionatdagi uchinchi jangini Qirg'iz Respublikasi vakili Omurbek Bekjigit Uuluga qarshi o'tkazdi.
To'liq 3 raund davom etgan jangda Ummataliev 5:0 hisobida g'alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Bungacha Javohir Seyshel Orollari va Gaiti vakillarini mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi Ummataliev chorak finalga chiqish uchun Serbiya vakili Artyom Ageevga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar