30 mar 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummataliev Manchesterda o'tkaziladigan Uordli - Dyubua boks oqshomida ringga ko'tariladi
Bu haqda hamyurtimiz hamkorlik qiluvchi menejerlik kompaniyasi malum qildi.
Unga ko'ra, havaskor boksda jahon chempioni bo'lmish Ummataliev 9 may kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi CO-OP Live majmuasida tashkil etiladigan Queensberry promouterlik kompaniyasi o'tkazadigan prof boks oqshomida ishtirok etadi.
Javohirga o'sha kuni kim raqiblik qilishi hozircha nomalum.
Bu hamyurtimiz uchun Queensberry bilan hamkorlikdagi ilk jangga aylanadi. Mazkur oqshomning asosiy bellashuvi Fabio Uordli va Daniel Dyubua o'rtasida og'ir vazn chempionligi uchun kechadi.
Malumot uchun, Javohir Ummataliev prof boksdagi debyutini o'tgan yilning noyabr oyida ozarbayjonlik Rahim Alievga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.

Havola :
Manba : Queensberry Promotions
Fikrlar