24 apr 12:15
Yangiliklar

JBKA prezidenti VII etnosport Forumida ishtirok etdi
Butunjahon etnosport konfedraciyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdog'an va Rossiya federaciyasi sport vaziri, Rossiya federaciyasi olimpiya qo'mitasi prezidenti Mixail Degtyarevlarning taklifiga ko'ra mazkur Forumda jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev ham ishtirok etdi.
Forum doirasida JBKA prezidenti Rossiya federaciyasi sport vaziri Mixail Degtyarev, Belarus sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk, Qozog'iston turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov hamda Turkiya sport vaziri Osman Ashkin Bak bilan belbog'li kurashni mazkur davlatlarda ham rivojlantirishga oid hamkorlik uchrashuvlari o'tkazdi.
SHuningdek, JBKA prezidenti Butunjahon etnosport konfederaciyasi prezidenti Najmiddin Bilol Erdog'an bilan uchrashib, belbog'li kurash sport turini etnosport orqali ham qitalararo yanada keng rivojlantirish borasida fikr almashishdi.
Takidlash joiz, milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurash 2024 yili Butunjahon etnosport tarkibiga kiritilgan va JBKA prezidenti Azizbek G'aniev Butunjahon etnosport konfedraciyasining rasmiy kengash azosi hisoblanadi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar