13 may 08:45
Yangiliklar

JCH-2022. Navbahor qozog'istonlik bokschini mag'lub etdi va yana uchta g'alaba
Kecha kun davomida to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tarildi.
-54 kg: Nozimaxon Bulturovaning senegallik raqibi Dienabu Diallo ringga chiqmagani sabab, bokschimiz avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo'l oldi.
-50 kg vaznli bokschimiz Aziza Yoqubova AQSH vakilasi Jennifer Lozanoga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
-60 kg vazn toifasida Mohinabonu Abdullaeva ukrainalik raqibasi Amina Abramovaga qarshi jang qildi va 3:2 hisobida g'alabaga erishdi.
-66 kg vaznli bokschimiz Navbahor Hamidova qozog'istonlik raqibasi Dariga SHakimovani 3:2 hisobida mag'lub etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Malumot uchun, SHakimova Rio Olimpiadasi sovrindori, Osiyo chempioni hisoblanadi.
Bugun Istanbul shahrida IBA Kongressi o'tkaziladi. SHu sababli faqatgina kechki dasturda janglar tashkil etiladi.
O'zbekistonlik bokschilar ichida -70 kg vaznli Xadichabonu Abdullaeva ringga ko'tariladi. Unga 1/8 final jangida avstraliyalik Fransis Skott raqiblik qiladi. Ushbu jang bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Xadichabonu ilk jangida Kayman Orollari vakilasini mag'lubiyatga uchratgandi.
Fikrlar