21 iyu 14:49
Yangiliklar
JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisi "Real"ga o'tmoqchi
Bu haqda jurnalist Ramon Alvares o'z YouTube kanalida xabar bermoqda.
Manbaning malumotiga ko'ra, 30 yoshli futbolchi Angliya klubi bilan yangi bitim imzolamoqchi emas. Ispaniyalik o'yinchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Futbolchi Madridning "Real" klubiga o'tish uchun vataniga qaytishni xohlayotgani takidlanmoqda.
Avvalroq OAVda "Real"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino ispan yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Rodri 2019 yildan beri Manchester klubi sharafini himoya qilib keladi. Uning hisobida barcha musobaqalarda 298 ta o'yin, 28 ta gol va 32 ta golli uzatma bor.
Avvalroq "shaharliklar" yarim himoyachisi o'z kelajagi borasidagi masalani Ispaniya chempionlikni qo'lga kiritgan JCH-2026dan so'ng muhokama qilishini malum qilgan edi. JCH-2026da Rodri barcha 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va turnirning "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fikrlar