25 may 18:10
Yangiliklar
Jervonta Devis Meyvezer bilan hamkorlikdagi so'nggi jangini o'tkazadi
28 may kuni Rolando Romeroga qarshi kechadigan jang Devis uchun ushbu promoushendagi so'nggisi bo'ladi.
Avvalroq, tashkilot rahbari Floyd Meyvezer Devisni har doim qo'llab-quvvatlashini bildirgan edi.
"Bu o'zaro qabul qilingan qaror, menimcha. Mayweather Promoutions bilan hech qanday kelishmovchiligimiz yo'q. Ularning shu yillar davomida men uchun qilgan ishlarini hurmat qilaman, ulardan faqatgina yaxshi tuyg'ular qoldi. SHunchaki o'sib-ulg'ayishim vaqti keldi.
Men kuchlilar bilan jang qilmayotgan yagona bokschi emasman. Deyarli hammada shu ahvol. Lekin har doim men haqimda gapiriladi. Ular faqatgina mening ustimdan shikoyat qilishadi, boshqa hech kim yo'qdek", - dedi Devis Last Stand Podcast'ga bergan intervyusida.
Fikrlar