22 apr 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol "baqaloq" Kormeni jangga chorladi. DC esa bunga javob qaytardi
Oxirgi paytlarda sport olamida shov-shuv ko'tarayotgan bloger Jeyk Pol, sobiq UFC chempioni Daniel Kormeni jangga chorladi.
Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol yaqindagina sobiq MMA jangchisi Ben Askrenni nokautga uchratgandi.
"Yaxshi, baqaloq. Sen menga qarshi jang qilasanmi?", - deb yozadi Jeyk Pol. Bu so'zlarga Daniel Korme javob berdi.
"Bu yigit men bilan jang qilmaydi, sababi men uni o'ldirib qo'yishimni yaxshi biladi. YouTube'dagi qandaydir bolakayni kaltaklashni xohlamayman. U men bilan jang qilish uchun nima karomat ko'rsatdi? Men u bilan jang qilishim ahmoqlik bo'ladi.
Men shunchaki, uni Tayron Vudli bilan jangda ko'rmoqchi edim, allaqanday Ben Askren bilan emas", - dedi Daniel Korme.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar