05 jan 07:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol Dana Uaytga: "Senda uch kun muhlat qoldi"
Amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol UFC prezidenti Dana Uaytga yana murojaat qildi.
Bu safar Jeyk UFC prezidentiga taklifini qabul qilish uchun uch kungina vaqti qolganini aytdi.
"Taklifimni bajarishing uchun uch kun vaqting qoldi, Dana! Men boksdan umrbodga ketaman. Senda kam vaqt qolmoqda", - deb yozadi Jeyk Pol.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Jeyk Pol UFCga o'tishga tayyor ekani va Xorxe Masvidal bilan MMA qoidalariga ko'ra jang qilishini, buning uchun esa Dana Uayt bir qancha shartlarni bajarishi kerakligini aytgandi.
Jeyk Polning shartlari quyidagicha edi:
1. Barcha UFC jangchilarining gonorarlarini 50 ming dollargacha ko'tarish.
2. UFC jangchilariga tashkilotning yillik 50% foydasini taqsimlash.
3. Jangchilarga uzoq muddatli tibbiy yordam va sug'urta hizmatini ko'rsatish.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar