13 sen 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol Neyt Diazga qarshi ehtimoliy jang haqida
Amerikalik bloger-bokschi Jeyk Pol matbuot anjumanida jurnalistning UFC jangchisi Neyt Diazga qarshi jang haqidagi savoliga javob berdi.
"Yuz foiz! Meng uni Stoktonda mag'lub etaman. Ammo, hozircha bor etiborimni keyingi jangga qaratganman. Meni aqldan ozgan raqib — Anderson Silva kutmoqda. Hozircha #1 maqsadim shu", - deya Pol so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Malumot uchun, Neyt Diaz Amerikaning jinoiy shaharlaridan biri hisoblangan Stokton (AQSH) shahrida tug'ilib o'sgan.
Eslatib o'tamiz, Neyt Diaz UFC 279 turnirida Toni Fergyusonga qarshi oktagonga ko'tarilgan.
Diaz UFCʼda 26 ta jangda ishtirok etib, 15 tasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar