18 dek 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol revansh oldidan Tayron Vudlidan og'irroq tosh bosdi + FOTO
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Florida shtati Tampa shahrida boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning birida yarim o'rta vaznda sobiq UFC chempioni Tayron Vudli taniqli bokschi-bloger Jeyk Polga qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang Vudli uchun revansh maqomida bo'ladi. Ilk jangda Tayron ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygan edi.
Ertangi jang oldidan ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimi bo'lib o'tdi. Har ikki jangchi ham belgilangan vazn (192 funtgacha, 87 kg) meyorini bajarishdi. Pol 191.4 funt, Vudli esa 189.6 funt tosh bosdi. 29 avgust kuni o'tkazilgan ilk jangda bloger 190 funt, Vudli esa 189.5 funt og'irlikka ega bo'lgandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar