23 sen 14:43
Yangiliklar

Jeyk Pol: "Uni mag'lub etishning iloji yo'q!"
"Ajoyib jang. Menimcha, bu jang boks rivoji uchun ham tashkil etilishi zarur. So'nggi paytlarda muvaffaqiyatga erishayotgan MMA, ayniqsa UFC mashhurligini olib tashlash uchun bu jang bo'lishi kerak.
Menimcha, boks aralash yakka kurashlar orasida birinchi o'rinda bo'lish uchun bu jang tashkil etilishi kerak", — deya Polning so'zlarini keltiradi talkSPORT.
Polning Fyuri—Joshua jangida "Lo'lilar Qiroli" g'alaba qozonishiga ishonchi komil.
"Men Tayson Fyuriga pul tikishim kerak. Menga Entoni Joshua juda yoqadi. U yaxshi yigit, u meni ilhomlantiradi. Ammo Taysonni mag'lub etib bo'lmaydi.
Uning bo'yi juda uzun va juda katta mahoratga ega bokschi. Tayson ringda Muhammad Ali kabi harakat qiladi. U aql bovar qilmas zarbalarga dosh bergan. Tayson og'ir vazn toifasi tarixidagi eng kuchli pancher Deontey Uaylderdan o'nlab zarbalar qabul qilib olgan. Xullas, uni mag'lub etishning iloji yo'q!", — deya qo'shimcha qildi Jeyk Pol.
Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol 30 oktyabr kuni sobiq UFC chempioni, braziliyalik Anderson Silvaga qarshi jang o'tkazadi.
Fikrlar