07 dek 08:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Polga yangi va eski raqib topildi - Tayron Vudli!
Biroz avval taniqli bloger Jeyk Polning 18 dekabr kuniga belgilangan jangdagi raqibi Tommi Fyurining safdan chiqqani haqida xabar bergan edik.
Tashkilotchilar juda qisqa fursatda blogerga yangi raqib topib berishdi. Aslida yangi deb ham bo'lmaydi. Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli blogerga qarshi jang o'tkazishga rozilik berdi. U jarohat olgan Tommining o'rnini egallaydi.
Bu 39 yoshli Vudli uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi. Sakkiz raundga mo'ljallangan professional boks yo'nalishidagi jang 18 dekabr kuni AQSHning Florida shtati Tampa shahrida bo'lib o'tadi. Jeyk Pol va Tayron Vudli o'rtasidagi ilk jang shu yilning avgust oyida o'tkazilgan va unda yutuber nomdor raqibini 77-75, 78-74, 75-77 hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar