21 may 09:58
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Jiro D'Italiya. Dyumulen 14-bosqich g'olibi va umumiy guruh peshqadami
Italiya yo'llari bo'ylab davom etayotgan nufuzli Jiro d’Italiya ko'pkunlik velopoyga musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. 
			Gollandiyalik velopoygachi Tom Dyumulen musobaqaning 14-bosqichi g'olibiga aylandi. Sunweb jamoasi azosi bo'lgan Dyumulen belgilangan 131 km masofani 3 soatu 2 daqiqa 3 soniyada bosib o'tdi.
Ikkinchi o'rinni rossiyalik sportchi Ilnur Zakarin band etdi. Katusha-Alpecin jamoasi azosi peshqadamdan 3 soniyaga ortda qoldi. Kuchli uchlikka Tomdan 9 soniyaga kechikkan ispaniyalik Mikel Landa yakun yasadi.

Dyumulen ushbu g'alabasi evaziga umumiy bosqich yakunlariga ko'ra peshqadamligini ham mustahkamlab oldi. Ikkinchi o'rinda kolumbiyalik Nairo Kintana bormoqda. Franciyalik Tibo Pino uchinchi pog'onadan joy olgan.
            Havola            :         
             
			
Fikrlar