19 may 15:48
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				“Jiro d'Italiya”. Elia Viviani 13-bosqich g'olibi!
Italiyalik velopoygachi Elia Viviani ko'pkunlik nufuzli “Jiro d'Italiya” musobaqasining 13-bosqich g'olibiga aylandi. 
			Quick-Step Floors jamoasi vakili belgilangan 180 kilometr masofani 3 soatu 56 daqiqa 25 soniya ichida bosib o'tdi. Ikkinchi o'rinni irlandiyalik Sem Bennett egalladi. Kuchli uchlikka gollandiyalik Danni van Poppel yakun yasadi.
O'n uch bosqich yakunlariga ko'ra Mitchelton-Scott jamoasidan britaniyalik Saymon Yeyts peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi pog'onadan gollandiyalik Tom Dyumulen o'rin egallagan. Franciyalik Tibo Pino uchinchi bo'lib turibdi. Bugun velopoygachilar 14-bosqichda 186 kilometrlik masofada bahslashishadi.

            Havola            :         
             
			
Fikrlar