26 may 08:18
Yangiliklar
Velosport
“Jiro d'Italiya”. Frum 19-bosqich g'olibi va u endi yangi peshqadam!
Britaniyalik poygachi Kristofer Frum “Jiro d’Italiya” ko'pkunlik velomusobaqasining 19-bosqich g'olibiga aylandi.
Sky jamoasi vakili Venariya-Reale – Bardonekkya shaharlari oralig'idagi 184 km masofani 5 soatu 12 daqiqa 26 soniyada bosib o'tdi. Ekvadorlik Richard Karapas (Movistar) ikkinchi, franciyalik Tibo Pino (FDJ) uchinchi o'rinni egalladi.
Frum ushbu g'alabasi evaziga 19 bosqich yakunlariga ko'ra peshqadamga aylanib oldi. Karvonboshiga 40 soniya vaqtni boy berayotgan gollandiyalik Tom Dyumolen ikkinchi, franciyalik Tibo Pino uchinchi o'rinni band etgan.
Havola :
Fikrlar