19 may 11:20
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Jiro D'Italiya. Gaviriya - o'n ikkinchi bosqich g'olibi!
Italiya yo'llari bo'ylab davom etayotgan nufuzli Jiro d’Italiya ko'pkunlik velopoyga musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. 
			Kolumbiiyalik velopoygachi Fernando Gaviriya kecha o'tkazilgan 12-bosqich bahslari g'olibiga aylandi. Quick-Step Floors jamoasi vakili belgilangan 229 km masofani 5 soatu 18 daqiqa 55 soniyada bosib o'tdi.
Ikkinchi o'rinni italiyalik Yakub Marechko (Wilier Triestina- Selle Italia) egalladi. Kuchli uchlikka irlandityalik Sem Bennett (Bora-Hansgrohe) yakun yasadi. Fernando Gaviriya Jiro d’Italiya musobaqasining uchta bosqichida g'alaba qozongan birinchi kolumbiyalik bo'ldi.

            Havola            :         
             
			
Fikrlar