08 iyu 11:05
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Jiro d'Italiya. Italiyalik velopoygachi koma holatiga tushib qoldi
Italiyalik velopoygachi Klaudiya Kretti Jiro d'Italiya ko'pkunlik musobaqasi doirasidagi poygada muvozanatni yo'qotib yiqilib tushgandi. Ayni paytda sportchi koma holatida qolmoqda.
			La Gazzetta dello
Sport nashrining xabar berishicha, poyganing ettinchi bosqichida qatnashayotgan Kretti
soatiga 90 km tezlikda ketayotib yo'l chetidagi to'siqqa boshi bilan urilgan.
Zudlik bilan kasalxonaga etkazilgan Klaudiyani shifokorlar 6 soat davomida operaciya qilishgan. Uning hozirgi holati hamon og'irligicha qolyapti, lekin shifokorlar vaziyatning ijobiy tomonga o'zgarishiga umid bog'lashmoqda.

            Havola            :         
                    Manba                : isport.ua
             
			
Fikrlar