13 may 17:59
Yangiliklar
Velosport
Jizzax shahrida ham ommaviy velotur bo'lib o'tdi
Jizzax shahrining SHarof Rashidov shoh ko'chasi bo'ylab Xalqaro oila kuniga bag'ishlangan ayollar va mahalla yoshlari o'rtasida ommaviy velotur bo'lib o'tdi.
Ommaviy veloturga tumanlardan 300 nafardan ortiq ayollar hamda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar jalb etildi. G'olib va sovrindorlar viloyat hokimining o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi N.Muxtorova va viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i I.Tojiboev tomonidan taqdirlandi.
Eslatib o'tamiz, bunday musobaqa kecha shuningdek Toshkent shahrida ham tashkil qilingandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar