11 mar 19:00
Yangiliklar
Gimnastika
Jizzaxda badiiy gimnastika bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi
Jizzax shahrida sport gimnastikasi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida yuzdan ortiq o'smir g'oliblik uchun kuch sinashdi.
Ko'pkurash bahslarida 42,600 ball to'plagan Diana Baxtiyorova birinchi o'rinni
qo'lga kiritgan bo'lsa, 42,100 ball bilan Mohitabonu To'lanova ikkinchi va
42,000 ball bilan Indira O'lmasova uchinchi pog'onadan joy egalladi.
O'g'il bolalar o'rtasida Bobur Toshpo'latov, Mirafzal Fozilov va Behzod
Sobirov shohsupaga ko'tarildi. Jamoaviy bahslarida o'g'il bolalar va qizlar
o'rtasida Toshkent shahri jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Javohir Toshxo'jaev, O'zA
Havola :
Manba : UzA
Fikrlar