So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

11 iyu 13:34
Yangiliklar

Gimnastika

Jizzaxda sport gimnastikasi bo'yicha birinchi onlayn musobaqa o'tkaziladi

Teglar :  GimnastikaJizzax
15-18 iyun kunlari "Biz koronavirusni sport bilan engamiz!" shiori ostida birinchi onlayn viloyat birinchiligi bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa Jizzax viloyatida sport gimnastikasini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom va barkamol qilib tarbiyalashga ko'maklashish, bolalarni uy sharoitida muntazam ravishda sport gimnastikasiga jalb qilish maqsadida tashkil etiladi. 

Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan o'tkazilayotgan sport gimnastikasi bo'yicha birinchi onlayn musobaqa 15 iyundan 17 iyunga qadar har kuni soat 8:00 dan 17:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida bo'lib o'tadi. G'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi esa 18 iyun kuni tashkil etiladi.

Mazkur musobaqada 2004-2013 yillarda tug'ilgan hamda Jizzax viloyatida istiqomat qiladigan yosh gimnastlar qatnashishi mumkin.

Musobaqa tashkilotchilari: Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda O'zbekiston gimnastika federaciyasining Jizzax viloyat hududiy bo'limi.

G'olib sportchilarga diplom va esdalik sovg'alari tashkilotchilar tomonidan karantin qoidalariga rioya etilgan holda uy manzillariga etkazib beriladi. Ishtirokchilar o'z chiqishlari yozib olingan videolavhalarni joriy yil 17 iyun kuni soat 17:00ga qadar +99890-538-86-61 telefon raqamidagi telegram manziliga yuborishlari mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing