So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

06 iyu 07:06
Yangiliklar

Gandbol, Stol tennisi

Jizzaxda stol tennisi va gandbol bo'yicha musobaqalar tashkil etildi

Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax shahrida turli sport tadbirlari tashkil etildi.

Jumladan, Zarbdor tumani bolalar-o'smirlar sport maktabida stol tennisi buyicha viloyat birinchiligi bo'lib o'tdi. Bellashuvlarda shahar, tuman, ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoalaridan jami 134 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko'ra, Viloyat sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlar mos ravishda Zarbdor va SHarof Rashidov tumani sportchilariga nasib etdi.

Ushbu sana munosabati bilan shuningdek, Jizzax Olimpiya zaxiralari sport kollejida 2003-2004 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida gandbol bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. O'g'il bolalar o'rtasidagi bellashuvlarda Jizzax Olimpiya zaxiralari sport kolleji jamoasi birinchi o'rindan joy oldi. Ikkinchi o'rinni IBO'SM-3 jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin IBO'SM-2 jamoasiga nasib etdi. Qizlar o'rtasida bahslarda esa IBO'SM-2 jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Viloyat IBO'SM-1 jamoasi ikkinchi pog'onani band etdi. Uchinchi o'rinni esa Jizzax shahar BO'SM jamoasi egalladi.

Musobaqalar yakunida sovrindorlarga diplom, medal va esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing