So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

23 iyu 07:01
Yangiliklar

Tadbirlar

Jizzaxda “Yoshlar oyligi” munosabati bilan sport tadbirlari tashkil etilmoqda

Jizzax viloyati G'allaorol tumanida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 1 iyundagi “O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko'ra hududlarda sport mashg'ulotlarini tashkil etish to'g'risida”gi 645-sonli buyrug'iga asosan, viloyatimizda sport sekciyalari, to'garaklari, sport zallari va Fitnes-klublar faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.

SHu munosabat bilan Jizzax viloyati G'allaorol tumani Jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi bilan tuman hokimligi, tuman “Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi”, “Yoshlar ittifoqi” tuman kengashi bilan hamkorlikda “Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni bo'lib o'tdi.

Keksa faxriylarni hamda yoshlarni jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga keng jalb etish hamda ularni jismoniy chiniqtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 100 nafardan ortiq yoshlar, 50 nafardan ortiq keksa faxriylar ishtirok etdi.

Dastlab, ishtirokchilar soat 7:00 da “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida tuman markazi “Mustaqillik” ko'chasi bo'ylab 2 km masofani piyoda yurib o'tdilar. SHundan so'ng barcha ishtirokchilar tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi futbol o'yingohida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini bajarishdi.

Tadbirdan so'ng faol ishtirok etgan keksa faxriy va yoshlar hamkor tashkilotlar tomonidan taqdirlandi. Tadbir yakunida so'ng keksa nuroniylar va yoshlar o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing