04 okt 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Joys: "Bu jangni tashkil qilish oson!"
Superog'ir vazn toifasida britaniyalik bokschi Jo Joys Entoni Joshua bilan jang qilishga tayyorligini aytdi.
Joysning so'zlariga ko'ra, agar u Tayson Fyuri bilan jang qilish uchun shartnoma imzolamasa, hamyurti bilan ringga chiqadi. SHu bilan birga, Jo jangning dekabr oyida o'tkazilish shartini aytdi.
"Agar Fyuri — Joshua jangi bo'lmasa, men ringga chiqaman. 3 dekabr kuni Tayson Fyuri bilan jang qilishim qiyin. Ammo Eddi Xirn yaqin do'stingiz Frenk Uorrenga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin va men 17 dekabr kuni Joshuaning o'rnini egallayman. Bu jangni tashkil qilish oson!", — deb yozadi Joys Twitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Fyuri — Joshua o'rtasidagi jang muzokaralari davom etmoqda.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar