19 iyu 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Joys Fyurini mag'lub etishiga ishonmoqda
Superog'ir vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Jo Joys hamyurti Tayson Fyuri bilan jang qilish istagi borligini aytdi.
Bokschining so'zlariga ko'ra WBC chempioniga qarshi ringga chiqishga tayyor.
"Taysonga ringda ko'p muammolar tug'dira olaman. SHunday ekan u bilan jang qilishni istayman. Fyuri bilan sparring qilganlarni ko'rdim. SHunday ekan unga osonlikcha taslim bo'lmayman. U kuchli va katta tajribaga ega. Mening ustun tomonim bu Ismael Salas. U Fyurini mag'lub etish rejasini ishlab chiqadi.
U meni mag'lub qilishi uchun burchakka olib borib nokaut qilishi kerak. Lekin, bu qiyin ish. Men u bilan oxirigacha kurashaman. Mening ham o'z uslubim va tajribam bor. Ajoyib jang bo'lishiga ishonaman", - deya Joysning so'zlarini keltiradi Boxingnews24.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar