18 okt 17:30
Yangiliklar

Jo Joys: "Menimcha, Usik boksni tark etmoqchi"
"Usik bilan jang qilishni xohlardim. Ammo, u hozir boshqa narsani xohlayotganga o'xshaydi. Brinchi og'ir vaznga qaytish yoki Fyuri bilan jang qilish haqida o'ylayapti. Bu hozircha muhokama qilinmayotganga o'xshaydi. Usyk ketishi mumkin, keyin kamar menga o'tadi.
Menimcha, u boksni tark etmoqchidir. Usik shuncha vaqtdan beri shu ishni qilmoqda. Yuzlab havaskor janglar... U Joshua bilan bo'lgan so'nggi ikki jangida juda yaxshi pul ishlab oldi. Uning men bilan jang qilish istagi bormi? Buni bilmayman. Agar Fyuri jangi tashkil etilmasa, u boksda qolib mendan ko'p zarbalar qabul qilib olishni istayotganiga ishonchim komil emas.
Ammo, hozirda boksda nima bo'layotganini bilmayman. Fyuri har doim fikrini o'zgartiradi, Usikning variantlari ko'p. Men qila oladigan yagona narsa bu qarshilik ko'rsatish va sabr-toqatli bo'lishdir", - dedi Joys.
Avvalroq, Jo Joys Entoni Joshua bilan jang qilishga tayyorligini aytgandi
Fikrlar