30 sen 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Joys Usikni qanday mag'lub etishini tushuntirdi
Superog'ir vazn toifasi vakili Jo Joys WBA, WBO, IBO va IBF kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
Joysning so'zlariga ko'ra, u ukrainalik bokschini mag'lub etishda yordam beradigan tajriba to'plagan.
"Biz u bilan havaskor boksda jang qilganmiz. O'sha paytda o'n yildan kamroq tajribam bor edi va men chapaqay edi. Agar biz professional boksda to'qnash kelsak, kichikroq qo'lqoplarda 12 raund jang qilamiz va tayyorgarlik uchun ham ko'proq vaqt bo'ladi. Jang paytida men unga ko'proq zarba beraman.
U bilan oldin ham jang qilganman. SHuning uchun Usikni yaxshi bilaman. Uni to'xtata olaman yoki hech bo'lmaganda unga zarbalar yo'llayman", - deya Joys so'zlarini keltiradi Boxing News 24.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar