23 apr 20:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Rogan Konor Makgregorga maslahat berdi
UFCning taniqli sharhlovchisi Jo Roganning fikricha, Konor darxol Kamaru Usman bilan jang qilishi kerak emas.
"Agar Konor o'z imkoniyatlarini maksimal ravishda oshirmoqchi bo'lsa, u chempionlikdan darajasi pastroq bo'lgan sportchi bilan urishishi kerak.
Balki qandaydir yangiroq nomli sportchi bilan jangda unga raqobat bo'lar. Konorga o'zini ko'rsatish uchun imkon bering, ammo birdaniga Usman bilan jangga qo'yib qo'ymang.
Albatta Konor o'zi istaganidek harakat qilishi mumkin.
Agar mening uning menejeri bo'lganimda muvaffaqiyatga eltuvchi eng yaxshi yo'l Kovboy bilan jangligini aytgan bo'lardim. Kovboyga hurmatni saqlagan holda aytishim kerakki, bu jang Konor uchun chigalyozdi mashg'ulotdek gap bo'ladi", - dedi Jo Rogan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar