12 fev 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Rogan UFC 271 turnirida sharhlovchilik qilmaydi
Amerikalik mashhur UFC va shu bilan birga aralash yakkakurash sport turlari sharhlovchisi Jo Rogan UFC 271 turnirida ishlamaydi.
Rogan bizning vaqt bilan ertaga tongda o'tkaziladigan turnir janglarini Jon Anik va Daniel Korme bilan birgalikda sharhlab borishi kerak edi. Ammo, jadval bilan bog'liq kelishmovchilik sabab ertangi janglarda Roganning sharhini ko'rmaymiz.
Gap shundaki, Rogan o'zining internetdagi efirida qora tanli qatlamga rasistik so'z ishlatgan. Garchi u keyin buning uchun kechirim so'ragan bo'lsa-da, UFC prezidenti Dana Uayt Roganni ertangi turnirdan ozod qildi.
Endi UFC 271 turnirida Jo Roganning o'rnini Maykl Bisping egallaydi. U Anik va Korme bilan birga ertangi janglarni sharhlab boradi.
Havola :
Fikrlar