23 avg 19:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Smit sobiq jahon chempioni Alvaresni nokautga uchratdi
Yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun sobiq davogar, kichik Jo Smit faoliyatidagi chiroyli va shu bilan birga muhim g'alabaga erishdi.
Amerikalik bokschi sobiq jahon chempioni Eleyder Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi. O'n ikki raundga mo'ljallangan ushbu jang WBO kamariga rasmiy davogar nomini aniqlab berishi bilan ahamiyatli edi.
Jangda sezilarli tashabbusga ega bo'lgan 30 yoshli Smit to'qqizinchi raundda 36 yashar sobiq jahon chempionini kuchli va aniq zarba evaziga nokautga uchratdi. Nokautga qadar Jo Smit hakamlar hisob-kitobiga ko'ra 80-73, 79-73, 79-73 hisoblarida oldinda borayotgandi.
Havola :
Fikrlar