26 jan 11:09
Yangiliklar
Tennis
Jokovich Australian Open`dagi 87-g'alabasini tantana qildi
Dunyoning beshinchi raketkasi Novak Jokovich Avstraliya Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylangan edi.
Kecha serbiyalik tennis ustasi 1/4 final uchrashuvida reytingda o'zidan bir pog'ona quyida borayotgan rossiyalik Andrey Rublyovni mag'lubiyatga uchratgandi - 6/1, 6/2, 6/4.
Bu Jokovich uchun Australian Open turnirlarida qo'lga kiritilgan 87-g'alaba bo'ldi. Novak umumiy hisobda Melburn kortlarida 95 ta uchrashuv o'tkazgan. U ATP Top-10 reytingidan joy olgan 33 tennischi bilan uchrashgan va 28 nafarini mag'lub etgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar