18 iyu 08:51
Yangiliklar
Jon Fyuri: "Agar Joshua Taysonga quloq solganida..."
Uning fikricha, o'g'li britaniyalik bokschiga jangga tayyorgarlik ko'rishga yordam berganida, ukrainalikni mag'lub etish ehtimoli yuqoriroq bo'lardi.
"Agar Joshua Taysonga quloq solganida, Usik muammo bo'lmas edi. Lekin, hozir bu muammoga aylandi. Sizningcha, Entoni murabbiylardan o'rganganlarini amalga oshadimi?
Faqat Usik bilan emas. Aleksandr xavfli jangchi. U juda qobiliyatli. Entoni etiborli bo'lish kerak. Menimcha, Joshuaning jamoasi bunga etarlicha baho bermayapti.
Hozir Joshuada birinchi jangdagidan ko'ra ko'proq muammolar bor. Usik uni biladi. U o'zining kuchli tomonlarini, zarbasi qanchalik kuchli ekanligini, nimani eng yaxshi bajaradi va nima qilmasligini biladi. Usik jamoasi Joshua etibor bermagan ishlar ustida ishlamoqda. Bu qiyin vazifa”, - deya Jon Fyurining so'zlaridan iqtibos keltirgan DAZN.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Jidda shahrida Super Dome arenada bo'lib o'tadi.
Fikrlar