17 fev 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jon Siril Ganga qarshi jang oldidan nimalar dedi?
Yarim og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jons Siril Ganni raqiblari orasida eng kuchlisi emasligini aytdi.
"Gan eng yaxshi zarbaga ega jangchimi? Yo'q. Tiago Santos, Lyoto Machido... Bu ro'yxatni davom ettirish mumkin. Men juda ko'plab oyoqda muvozanatini saqlab qolgan yigitlar bilan jang qilganman.
Bir zarbada nokautga uchrata oladigan juda qo'rqinchli raqiblarim bor edi. Men o'zimni qulay his qilyapman. Bundan tashqari, bu jangda kikboksing bo'lishi aniq emas. Men, albatta raqibimni nokaut qila oladigan kuchga egaman, bu menda ilgari bo'lmagan", - dedi Jons.
Jons va Gan 5 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 285 turnirida vakant qolgan chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar