19 jan 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons Gan bilan janggacha o'z vaznini oshkor qilmoqchi emas
UFC sobiq chempioni Jon Jons o'zaro jang oldidan Siril Ganga syurpriz tayyorlayotganini aytdi.
Amerikalik sportchi jangga qadar haqiqiy vaznini berkitmoqchi.
"Siril meni ilk bor ko'rganida vaznim u uchun syurpriz bo'lishini istayman. Taxminan to'rt oy oldin men gavdam va kuchim UFC og'ir vazn divizioniga to'g'ri kelishini his qildim.
Men Ngannu bilan jangga tayyorlanishga uringandim, mashg'ulot lagerida ham qatnashdim. Ammo endi Siril Gan. Men allaqachon tayyorman. Ahir uch yildan buyon tanaffuslarsiz shug'ullanib kelyapman. Nihoyat raqib topilganidan xursandman", - dedi Jon Jons.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar