22 jan 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons kamar uchun navbatdagi davogar bo'ladimi? UFC rahbari bunga javob berdi
UFC rahbari Dana Uayt og'ir vaznga o'tgan sobiq chempion Jon Jons haqida fikr bildirdi.
"Jon Jons og'ir vazn toifasida chempionlik uchun navbatdagi davogar bo'ladi, deb o'ylamayman. Uni munosib emas deb hisoblamayman, sababi Jons hali nima qilmoqchi ekanligini o'zi bilmaydi, shu qatorida men ham.
Menimcha, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan jangdan so'ng Jons so'nggi qarorni qabul qiladi. Balki, umuman og'ir vaznda jang qilmasdan, yana o'zining vazniga qaytar. Nima bo'lgan taqdirda ham barchasi shu dam olish kuni aniq bo'ladi", - deya fikr bildirgan Dana.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar