28 sen 12:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons: "Maqsadimga erishishimga kafolat yo'q, lekin..."
38 yoshli UFC sobiq chempioni Jon Jons hali ham jang qilishni istashini, maqsadi - UFC turnirlaridan birini Oq uyda o'tkazish ekanini takidladi.
"MMA menga bugungi barcha narsani berdi, men va oilamning hayotini butunlay o'zgartirdi. Endi har bir yangi g'alaba men uchun shunchaki yoqimli bonus. SHunday faoliyatdan keyin ham yana shu yo'lda davom etishga kuch va ruhiyatim bor.
Bu maqsadga etishimga hech qanday kafolat yo'q, ammo hali ham intilayapman. Juda ko'p odamlar orzusidan yillar oldin voz kechdi va endi butun dunyodan norozi, olg'a intilayotganlardan xafa. Davom etinglar, kurashishdan to'xtamanglar", — deb yozdi Jons o'zining X ijtimoiy tarmog'ida.
Havola :
Manba : MMA Frenzy
Fikrlar