15 sen 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons Maxachevning doping ayblovlariga javob qaytardi
UFC cobiq chempioni Jon Jons o'z manziliga aytilgan doping haqidagi tanqidlarga javob qaytardi.
Avvalroq, Maxachev Jon Jons doping bilan janglarga chiqishi haqida gapirgandi.
"Agar USADA mening organizmimda malum modda izlarini topganiga ishonsangiz, ularning bu modda sport natijalariga tasir qilmaydi va qasddan qabul qilinmagan degan xulosasiga ham ishonishingiz kerak.
Har bir jangdan keyin qo'lim g'olib sifatida ko'tarilgan. Hatto raqiblarimning murabbiylari ham meni “Xudoning tuhfasi” deb atashgan.
Islam, umid qilamanki, bir kuni seni ham shu erda — cho'qqida ko'raman", — deb yozdi Jons X ijtimoiy tarmog'ida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar