02 jan 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons nima uchun chempionlik kamaridan voz kechganini aytdi
UFCning yarim og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Jon Jons nima uchun kamardan voz kechgani haqida gapirdi.
"Kamarni vakant qoldirganimni sababi - og'ir vaznga o'tish ko'p vaqt talaba qiladi.
Men divizionni sekinlashtiradigan sportchilardan biri bo'lib qolishni istamadim. Yarim og'ir vazn toifasida ko'p muddat chempion bo'lib turdim. Bu orada ko'plab insonlarning chempionlik orzusini chippakka chiqardim. Endi esa kamarni boshqa odamga berish vaqti kelgandi.
Bu barcha uchun to'g'ri qaror bo'ladi deb o'yladim. Men balki boshqa nimalardir qilib, kamarni o'zimda ushlab turishim mumkin edi: bahonalar topish, muxlislarni aldash, yarim og'ir vaznga qaytmoqchi ekanligim haqida gapirish va qolganlarni kuttirish... Men bunday qilishni istamadim. Yarim og'ir vaznga qaytmoqchi emasman", - dedi Jons.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar