09 may 19:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons trilogiya jangida Kormeni mag'lub etishiga ishonadi
Og'ir vazn toifasida UFC'ning amaldagi chempioni Jon Jons sobiq chempion Daniel Korme bilan ehtimoliy revansh jangi haqida gapirdi.
"Jons o'zining cho'qqisida. Men Daniel Kormeni aynan og'ir vazndagi jangda yaxshiroq mag'lub etishim mumkinligiga ishonaman. Menimcha, tezligim og'ir vazn toifasiga yaxshi moslashdi. O'ylaymanki, revansh jangida men uni yanada dahshatliroq tarzda mag'lub etgan bo'lardim", deya Jon Jonsning so'zlaridan iqtibos keltiradi Bloody Elbow.
Jons va Korme ikki marta yarim og'ir vaznda jang qilishgan, birinchi jangda Jons ochkolar hisobiga ko'ra, ikkinchi jangda esa nokaut bilan g'alaba qozongan, ammo ikkinchi jang natijasi Jonsning doping sinovidan o'ta olmagani sababli bekor qilingan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar