19 avg 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons UFC "qafasi"ga qaytish imkoniyatlari haqida gapirdi
Og'ir va yarimog'ir vazn toifalarida sobiq UFC chempioni Jon Jons bir muddat avval faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi.
Amerikalik 38 yoshli aralash yakkakurash ustasi promoushenga qaytish imkoniyatlari haqida gapirib berdi.
"Mashg'ulotlarni davom ettiryapman. Men kelasi yili Oq uyda o'tkaziladigan maxsus UFC turnirida jang qilish haqida o'ylayapman. Dana Uayt ham bundan xursand bo'lardi. Men uchun UFC eshiklari hali batamom yopilgani yo'q. Imkoniyat har doim bo'lgan. Bir so'z bilan aytganda, bir milliard — bu Jon Jons bo'lish uchun talab qilinadigan narsa", — dei o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida xabar qoldirgan Jons.
Malumot uchun, Jon Jons MMAdagi faoliyati davomida 28 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar