24 fev 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons UFC`ning barcha davrlardagi kuchli beshlikni sanab berdi
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons barcha davrlarning Top-5 jangchilari ro'yxatini tuzib chiqdi.
"Bu ro'yxatga avvalo men, keyin Anderson Silva, Jorj Sen-Per, Xabib Nurmagomedov va Joze Aldo kiradi. Ularning hammasi men yoqtirgan, hurmat qilgan jangchilar. Xabib bilan bir paytlar fikrimiz bir joydan chiqmagan. Lekin biz hech qachon bir-birimizga dushman bo'lmaganmiz. Men Xabibni nafaqat oktagon, balki uning tashqarisidagi o'zini tutishi, oilasi va vataniga bo'lgan muhabbati, to'g'riso'zligi uchun hurmat qilaman. U haqiqiy erkak", - dedi Jons.
Eslatib o'tamiz, Jon Jons 5 mart kuni UFC 285 turniri doirasida franciyalik Siril Ganga qarshi og'ir vazn toifasida vakant qolgan UFC chempionlik kamari uchun oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar