04 okt 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jonsning akasi 39 yoshida vafot etdi. NFL chempionining o'lim sababi...
MMA bo'yicha ikki divizionda UFC sobiq chempioni Jon Jonsning akasi, amerikalik NFL futbolchisi Artur Jons 39 yoshida vafot etdi.
Bu haqda u o'ynagan, 2012 yilda birgalikda Superboul g'olibi bo'lgan «Baltimor Reyvens» jamoasi malum qildi.
"Artur Jonsning to'satdan vafot etganini bilib, chuqur qayg'udamiz. Arturning borligi u birga bo'lgan har bir kishiga sovg'a bo'lgandi. Uning yorqin tabassumi, yuqumli energiya va tinimsiz pozitivligi boshqalarni doimo ilhomlantirdi. U mehribon, xushmuomala va g'ayratli edi, har doim o'z oilasi, oilasi va do'stlariga mehr-muhabbat ko'rsatardi", deydi jamoa menejeri Erik de Kosta.
Jonsning o'zi hozircha akasining vafoti haqida bayonot bermadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar